Maradona 30 yildan keyin oqlandi

Sport

image

Argentinalik marhum futbolchi Diyego Maradona (1960-2020) Italiyada soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha to‘liq oqlandi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Futbolchining advokati Anjelo Pisanining ma’lumotlariga ko‘ra, kassatsiya sudi (oliy sud) marhum futbolchida soliqdan bo‘yin tovlash jinoyati yo‘qligini tan oldi va Italiya soliq organlari bilan yuzaga kelgan janjal tugatildi.

"Bu hikoya tugagan deb e’lon qilinishi mumkin. Maradona Italiya soliq idoralaridan qarzdor emas. Ham matematik, ham qonuniy, ham mantiqiy hisob-kitoblar nolga olib keladi. Endi ma’naviy va moddiy zararni kim to‘laydi, Maradonaning obro‘siga va butun sport tarixiga ziyon yetganini aytmasa ham bo‘ladi”, degan futbolchining advokati.

Ma’lumot uchun, Maradonaning Italiyadagi sud jarayoni 30 yildan ortiq davom etgan. Argentinalik futbolchi shu sababdan Italiyaga bir muddat kira olmagan, chunki uning mulklarini musodara qilish va hatto qamoq jazosi bilan tahdid qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona 2020 yil 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Diego Maradona kassatsiya sudi aybsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing