Marhamat hokimi Andijon tumaniga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
01 may
4938Shu paytgacha Andijon viloyatidagi Marhamat tumanini boshqarib kelgan Boburbek Yo‘ldoshev Andijon tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab, Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashining sessiyasida 2020 yildan buyon tumanni boshqarib kelgan Yo‘ldoshev kuzatildi.
Ma’lumot uchun, Boburbek Yo‘ldoshev 1986 yili Andijon shahrida tug‘ilgan. 2008 yili Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va bir qancha sohalarda mutaxassis, boshliq o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan ishlash shu’basi bosh inspektori lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Marhamat tumani hokimi lavozimiga O‘tkirbek Ma’murov tayinlangandi. U bunga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Buloqboshi tumaniga esa shu tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Furqatbek Bo‘taxonov tayinlandi.