Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasida ish boshlaydi
Sport
−
14 avgust 2023 3367 1 daqiqa
Italiyalik taniqli mutaxassis Roberto Manchini Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, murabbiy mamlakat milliy terma jamoasi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi. U Saudiyada yiliga 40 million yevro atrofida maosh oladi.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoning rad javobidan so‘ng Manchiniga murojaat qilgan.
Manchini 2018 yildan buyon Italiya terma jamoasini boshqarib kelayotgandi. Uning qo‘l ostida “Skuadra Adzurra” 2020 yilgi Yevropa chempionatida g‘olib chiqdi, biroq 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmadi. Keyinroq Manchini Italiya futbol federatsiyasi prezidenti bilan kelishmovchiliklar tufayli iste’foga chiqdi. Federatsiya yaqin kunlarda yangi bosh murabbiy nomini e’lon qilmoqchi. Antonio Konte va Luchano Spaletti bo‘sh turgan lavozimga da’vogarlik qilmoqda.
Live
Barchasi