“Manchetser Siti” himoyachisi o‘yin davomida Husanovni ruhlantirganini aytdi
Sport
−
27 yanvar
12050Angliyaning “Manchetser Siti” klubi himoyachisi Manuyel Akanji “Chelsi”ga qarshi o‘yin davomida Abduqodir Husanovni ruhlantirib turgan. Bu haqda Akanji o‘yindan keyingi intervyusida aytdi.
“Husanov uchun o‘yin unchalik ko‘ngildagidek boshlanmadi, ammo u o‘zini tezda tikladi. Debyut o‘yindayoq “Chelsi”ga qarshi maydonga tushish oson emas. Biz uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qildik va u o‘yinga qayta oldi. Men uni kuchli raqiblarga qarshi bahslarda o‘zini murakkab vaziyatlarga tushirmaslikka harakat qildim. Men uni ruhlantirdim va unga xatosi haqida ortiqcha o‘ylamaslikni va faqat oldinga intilishini aytdim. Masalan, keyingi vaziyatlarda to‘pni ortga, Edersonga uzatish va yakkakurashlarda g‘alaba qozonib, ishonchni qaytarish kerakligini ta’kidladim”, deydi Akanji.
Shuningdek, Akanji o‘zbekistonlik futbolchining ingliz tilini yaxshi tushunishi haqida to‘xtaldi.
“U ingliz tilini fransuz tiliga qaraganda yaxshiroq tushunishini aytdi, shuning uchun men u bilan ingliz tilida gaplashaman. Menimcha, u ingliz tili bo‘yicha ko‘nikmalarini yaxshilab borishi kerak. Bu markaziy himoyachi uchun muhim hisoblanadi. Abduqodir gapni tushunadi, ammo hozircha o‘z fikrlarini yetkazib berolmayapti. Ishonchim komilki, u bu muammoni ham bartaraf etadi”, deydi Akanji.
Eslatib o‘tamiz, 26 yanvarga o‘tar kechasi APL doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Chelsi”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov 52 daqiqa harakat qildi.
LiveBarchasi
28 yanvar