“Manchester Yunayted” futbolchisi “Betis” bilan kelishuvga erishdi
Sport
−
20 yanvar
829Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi vingeri Antoni “Betis”ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “mankunianliklar” futbolchisi Antonini Andalusiya klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 24 yoshli braziliyalik vinger hafta yakuniga qadar “Betis” futbolchisiga aylanadi.
Ma’lumot o‘rnida, Antoni “Manchester Yunayted” safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum u klub tarkibida barcha musobaqalarda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Antonining narxi “Transfermarkt” portalida 20 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi