“Manchester Siti” yana chorak finalda imkoniyatni boy berdi

Sport

image

Kecha, 9 mart kuni tunda Yevropa Chempionlar ligasining chorak final bahslariga start berildi.

Londonning “Tottenxem” klubi yangi arenasida YeCHLda ilk uchrashuvini omadli tarzda o‘tkazishdi. “Shporlar” Angliyaning boshqa bir klubi “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindagi yagona gol Son Xyon Min hisobiga yozildi. Jamoaning koreyalik legioneri 78 daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Aslida uchrashuv butkul boshqacha ko‘rinish hosil qilishi mumkin edi. Hakam o‘yinning 13 daqiqasidayoq “Manchester Siti” foydasiga penalti belgiladi. Ammo mehmonlar hujumchisi Serxio Aguero bundan unumli foydalana olmadi. 

Etiborlisi, “shaharliklar” Gvardiola boshchiligida qatorasiga ikkinchi marotaba YeCHL chorak finalining ilk o‘yinida birorta gol kiritolmay mag‘lub bo‘lmoqda. O‘tgan yili “Liverpul” ushbu bosqichning birinchi bahsida “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida taslim etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti EChL Tottenxem

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing