“Manchester Siti” va “Jirona”ning YeCHLdagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda
Sport
−
15 may
2883Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Manchester Siti” xo‘jayinlaridan agar ikkala klub ham qit’adagi asosiy klublar musobaqasi Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etishini istasa, Kataloniya klubidagi ulushlarining bir qismini sotishni so‘radi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, agar City Football Group o‘z ishtirokini kamaytirmasa, “Jirona” Yevropa Chempionlar ligasidan Yevropa ligasiga o‘tishi mumkin.
City Football Group “Manchester Siti”ning 100 foizi va “Jirona”ning 47 foiziga egalik qiladi. Ikkala klub ham o‘z mamlakatlarida YeCHL yo‘llanmasiga ega chiqdi, ammo keyingi mavsumda ishtirok etish uchun CFG ulardan biridagi ulushi 30 foiz dan kamayishi kerak.
Qayd etilishicha, UEFA'ning kelasi mavsum yevrokuboklarda bir nechta klublarga egalik qilish haqidagi qoidalari shu haftada tegishli joylarga jo‘natilgan.
Ma’lumot uchun, “Man Siti” ham, “Jirona” ham muddatidan avval o‘z ligalarida YeCHL yo‘llanmasini kafolatlagan. Gvardiola shogirdlari Angliyada chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, “Jirona” La Ligada kuchli to‘rtlikka kirishni uddaladi.
LiveBarchasi