“Manchester Siti”dagi barcha futbolchilar Husanovni jamoada ko‘rishdan mamnun – klub sport direktori

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi sport direktori Chiki Bergistayn o‘zbekistonlik futbolchi haqida fikr bildirdi. Bu haqda u futbolchi tanishtiruvi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Shaharliklar” sport direktori futbolchining yuksak salohiyatga ega ekanini ta’kidlab, “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan xursandligini bildirdi.

“Biz Abduqodirni safimizga qo‘shib olganimizdan xursandmiz. Uning jamoamiz rivojiga hissa qo‘shishini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Husanov juda aqlli futbolchi, kuchli agressiv va nihoyatda tezkor. Gvardiola bilan ishlash uni yanada kuchliroq qiladi. U bilan gaplashib, doimo o‘z ustida ishlashga qaror qilganini tushundim. Uning kelishi Yevropadagi eng yaxshi jamoalardan biri sifatida o‘z mavqeyimizni mustahkamlash uchun ajoyib imkoniyat. “Manchester Siti”dagi barcha futbolchilar Abduqodir Husanovni jamoada ko‘rishdan mamnun”, deydi Bergistayn.

Ma’lumot o‘rnida, o‘zbekistonlik futbolchi yangi jamoasida 45-raqam ostida to‘p tepadi va u o‘zbek futbolchilari orasida ilk APLda o‘ynaydigani bo‘ldi. APLda futbolchilari o‘ynagan davlatlar soni 119 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da “Manchester Siti” Abduqodir Husanovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Abduqodir Husanov Chiki Bergistayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing