“Manchester Siti” “Barselona” sobiq futbolchisini sotib oladi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Portu” yarim himoyachisi Niko Gonsales transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, “shaharliklar” Nikoni “Portu”dan 60 million yevro evaziga sotib oldi. Tez orada transfer rasman e’lon qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Manchester Siti” rahbariyati qishki transferlar oynasi uchun 300 million yevro ajratgan. Klub oy davomida 205 million yevro ishlatdi, yana 94 million yevro zaxirada qolmoqda.

Qayd etilishicha, Niko transferida “Barselona” ham 25 million yevro atrofida pul ishlab oladi. Bunga sabab, Nikoning transferlaridan tushadigan foydaning 40% “Barselona”ga tegishli hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Portu Angliya Niko Gonsales

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing