“Manchester Siti” himoyachisi “Real”dan rad javobini oldi
Sport
−
25 mart
3279“Manchester Siti” klubi himoyachisi Manuel Akanjini “Real”ga taklif qildi, madridliklar futbolchini sotib olishni xohlamadi. Bu haqda “90min” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2027 yilda “shaharliklar” bilan shartnomasi tugaydigan Maneel Akanji “Real”ga taklif qilindi. Biroq Madrid klubi ushbu taklifga qiziqish bildirmayapti. Shu yil 30 yoshni qarshilaydigan futbolchi “Real Madrid”ning uzoq muddatli rejalari uchun mos kelmaydi. Klub yosh va kelajagi porloq futbolchilarni tarkibga qo‘shishni rejalashtirgan. Bundan tashqari, Akanjining jarohatga moyil o‘yinchi bo‘lganligi ham madridliklarning qarshiligiga sabab bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Akanji “Manchester Siti” safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan va klub tarkibida 66 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 32 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi