“Man Siti” ikki germaniyalik futbolchini sotib olmoqchi
Sport
−
05 noyabr
1234Angliyaning “Manchester Siti” klubi navbatdagi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Rahbariyatning bunday qaroriga jarohatlangan futbolchilar ko‘pligi sabab bo‘ldi. Bu haqda “Shoot” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Man Siti” rahbariyati qishda klubning asosiy nishoniga aylanadigan ikki futbolchini aniqlagan – “Bayer”dan Florian Virs va “Bavariya”dan Jamol Musiala. Angliya jamoasi egalarini nafaqat jarohatlar soni, balki yulduzlarining yoshi ham tashvishga solmoqda, shu bois ular uzoq muddatda ularning o‘rniga o‘rinbosar topishga harakat qilmoqda.
21 yoshli Virs “Bayer” safida barcha musobaqalarda 167 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urdi va 51 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 21 yoshli Musiala esa “Bavariya” safida 175 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta gol va 35 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Manchester Siti” yaqinda himoyachisi Ruben Diashni jarohati tufayli yo‘qotdi. Qolaversa, jamoa yil oxirigacha Rodriga umid bog‘lay olmaydi, Jek Grilish davolanishda davom etmoqda, Kevin de Bryuyne esa yaqinda tuzalib ketgan va hali optimal formada emas.
LiveBarchasi