“Man Siti” 35 yillik antirekordini takrorladi

Sport

image

“Manchester Siti” va “Feyenoord” jamoalari to‘qnash kelgan Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) umumiy bosqichining 5-tur uchrashuvida 3:3 hisobi qayd etildi va shu tariqa "shaharliklar" oxirgi 35 yildagi o‘ziga tegishli bo‘lgan antirekordini takrorladi. Bu haqda “Opta Sports” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, bu 1989 yilning may oyidan beri birinchi marta “Manchester Siti” uchta gol farqi bilan oldinga chiqqan o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. 35 yil oldin klub bunaqa natijani Angliyaning ikkinchi divizionida “Bornmut” bilan o‘yinda (3:3) qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” g‘alabasiz seriyasini oltita o‘yinga yetkazdi. Avvalgi besh uchrashuvda Xosep Gvardiola jamoasi faqat mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Klub YeCHL umumiy turnir jadvalida 8 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Bugun, 27 noyabr kuni 5-tur o‘yinlari davom ettiriladi va Gvardiola shogirdlarining turnir jadvalidagi o‘rini yanada yomonlashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Feyenoord Evroppa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing