Mamlakatimiz yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qoldi – Qirg‘iziston Prezidenti

Olam

image

Qirg‘iziston Xitoydan olgan qarzlari sabab ko‘plab davlat ob’ektlaridan mahrum bo‘lishi mumkin. Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov qarzlar masalasida fikr bildirib, sobiq Prezident Almazbek Atamboyev shunday kelishuvlar tuzganini aytib o‘tdi.

Japarov “Kabar” axborot agentligiga oilasining advokati Akin To‘qtaliyevning Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbari lavozimidan bo‘shatilishiga izoh bergan.

“Davlat xizmatida bu mening advokatim, do‘stim yoki qarindoshim degan tamoyil bo‘lmasligi kerak. Mamlakatimiz 30 yil davomida ushbu prinsip asosida yashadi va endi yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida qoldi. Bizning tashqi qarzimiz qariyb 5 milliard dollarni tashkil etadi. Agar ularning ba’zilarini vaqtida to‘lamasak, ko‘plab ob’ektlarni yo‘qotamiz. Bunday shartlar bilan kelishuvni Atamboyev tuzgan. Ammo, Xudo xohlasa, barcha qarzlardan o‘z vaqtida xalos bo‘lamiz. Rejalar mavjud”, degan Japarov.

So‘nggi ma’lumotlarg ko‘ra, 2020 yil oxirida Qirg‘izistonning davlat qarzi 4 milliard 850 mln 730 ming dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

1389

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing