Mamlakatda koronavirus aniqlansa yashirmaymiz – Turkmaniston tashqi ishlar vaziri
Olam
−
23 aprel 2020
5730Turkmaniston Bosh vazirining o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari yo‘qligini va agar kasallik aniqlansa hukumat JSSTga xabar berishini aytdi.
“Biz 25 yil oldin BMT tomonidan tan olingan doimiy neytrallikka ega mamlakat sifatida qabul qilgan majburiyatlarimiz uchun javobgarmiz. Shuning uchun biz hech narsani yashirmaymiz, biz ochiqmiz“, deydi Rashid Meredov.
Turkmaniston sog‘liqni saqlash vaziri Nurmuhammad Omonnepesov brifingda mamlakatda COVID-19 ni aniqlash uchun uchta chegara karantin punktlari ochilganini aytdi. Ularda chegaradan kirib kelgan fuqarolar saqlanishini ma’lum qildi.
“Bizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Turkmanboshida 360 o‘rinli karantin punkti mavjud. U yerda Boku portidan kelgan 67 nafar fuqaro bor, ular yuk mashinalari haydovchilari va kema ekipaji. Lebap viloyati O‘zbekiston bilan chegara punktida 40 ga yaqin fuqaro bor. Shuningdek, Qorabo‘g‘iz karantin zonasida 44 nafar fuqaro joylashtirilgan“, deydi Sog‘liqni saqlash vaziri.
Ma’lumot uchun, Turkmanistondan tashqari, Tojikiston, Vanuatu, Kiribati, KXDR, Komor orollari, Lesoto, Marshall orollari, Mikroneziya, Nauru, Palau, Samoa, San-Tome va Prinsipi, Sulaymon orollari, Tonga va Tuvaluda ushbu virus bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagan.
LiveBarchasi