Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston
−
23 Yanvar 2025 2617 1 daqiqa
Karmelo Inguanez Maltaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 23 yanvar kuni Karmelo Inguanez vazir Saidovga ishonch yorlig‘ini topshirgan. Kun tartibida ikki tomonlama aloqalarning huquqiy asoslarini mustahkamlash, parlamentlar o‘rtasida do‘stlik guruhlarini tashkil etish, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, turizmni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sohasida aloqalarni jadallashtirish va mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yuksaltirishga qaratilgan boshqa yo‘nalishlar muhokamasi joy olgan. Shuningdek, diplomatik pasport egalari uchun o‘zaro vizasiz rejim joriy qilish to‘g‘risida bitim imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Zelandiyaning Rossiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan Mark Julian Treynor O‘zbekistonga elchi etib tayinlangandi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr