Yangi Zelandiyaning Rossiyadagi sobiq elchisi O‘zbekistonga elchi bo‘ldi
Jamiyat
−
09 dekabr
852Yangi Zelandiyaning Rossiyadagi elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan Mark Julian Treynor O‘zbekistonga elchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.
Bugun, 9 dekabr kuni yangi elchi vazir Saidovga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Baxtiyor Saidovning ta’kidlashicha, ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro manfaatli hamkorlikning keng qamrovli kun tartibini ishlab chiqish va uni amalga oshirishda muhim harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim.
“Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Mark Julian Treynor janoblarini qutladik. Muloqot davomida barqaror qishloq xo‘jaligi, sanoatni rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot, tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlik va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarga e’tibor qaratdik. Janob Elchini tabriklaymiz!”, deya yozgan vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Piyergabriyele Papadia de Bottini Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangandi.
LiveBarchasi