Maliga qisqa vaqt ichida ikkinchi muvaqqat Prezident tayinlandi
Olam
−
31 may 2021 3524 1 daqiqa
Afrikaning Mali davlati Konstitutsiyaviy sudi polkovnik Assimi Goytuni mamlakatning muvaqqat Prezidenti etib tayinladi. Bu haqda BBC xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, Goytu bungacha ham o‘zini vaqtinchalik Prezident deb e’lon qilishga urinib ko‘rgan. O‘tgan yilning avgust oyida u saylangan Prezident Ibrohim Bubakar Keytaning lavozimidan ketishiga sabab bo‘lgan birinchi to‘ntarishga boshchilik qilgan.
Goytu so‘nggi vaqt ichidagi Malining ikkinchi muvaqqat Prezidenti bo‘ldi.
Sobiq muvaqqat Prezident Ba Ndau vaqtinchalik Bosh vazir Moktar Uana bilan birga harbiylar tomonidan hibsga olingandi, ammo xalqaro vositachilar huzurida iste’foga chiqqanlarini e’lon qilganlaridan so‘ng ular ozod qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, Ndau va Uana Malining muvaqqat hukumatiga rahbarlik qilib kelgan. Ularning maqsadi 18 oy ichida fuqarolik boshqaruvini tiklash bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr