Malida portlashlar uyushtirildi. 50 ga yaqin odam qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 9 avgust kuni Mali shimolining Niger bilan chegarasidagi to‘rtta qishloqda terrorchilik hujumlari sodir etildi. Oqibatda 48 nafar tinch aholi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu Agency” nashri xabar bermoqda

Terakt sodir etilgan Ansongo kommunasi gubernotori o‘rinbosari Oumar Kidaning ta’kidlashicha, qurollangan terrorchi guruhlar Uataguna tumanidagi qishloqlarga hujum uyushtirishgan. 

Uning ma’lum qilishicha, qurollangan terrorchi guruhlar Malining Ansongo kommunasining to‘rtta qishlog‘iga hujum qilishgan. Jumladan, Karu qishlog‘iga qilingan hujumda 17 nafar, Dirguada 7 nafar, Deoteguyefda 14 nafar va Uatagunada 10 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Ko‘plab mahalliy aholi og‘ir jarohatlangan.

Shundan so‘ng, Malining vaqtinchalik Prezidenti Assimi Goita hujumlarni keskin qoralagan va mintaqada antiterror operatsiya boshlanganini ma’lum qilgan. 

Xabarga ko‘ra, Goita Twitter'da Mali xalqi terrorizmga qarshi kurashda yanada qat’iyat ko‘rsatishi kerakligini ta’kidlab o‘tgan. Shuningdek, Prezident hujumda haloq bo‘lganlar uchun uch kunlik motam e’lon qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Sahel mintaqasidagi uchta davlat – Burkina-Faso, Mali va Niger so‘nggi yillarda “Al -Qoida”ga aloqador guruhlar va ISHID tomonidan muntazam ravishda hujumga uchramoqda.

2013 yildan beri Malida xorijiy harbiy missiyalar joylashtirilganiga qaramay, mamlakatdagi terrorchi tashkilotlar hujumlarni davom ettirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

terakt Mali

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing