Malida harbiylar isyon ko‘tardi. Bosh vazir va Prezidentning o‘g‘li qo‘lga olingan

Olam

image

Afrikadagi Mali davlatining Kati shahrida harbiylar isyon ko‘tardi. Shahar poytaxt Bamakodan 15 km uzoqlikda joylashgan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, shaharda otishma boshlangan, keyinroq harbiylar isyon boshlagani ma’lum bo‘lgan.

“LSi Africa” nashrining ma’lum qilishicha, isyonni Milliy gvardiya polkovnigi Sadio Kamara boshqarib turibdi. Isyonchilar Bosh vazir Bubu Sisse va Prezidentning o‘g‘li Karim Keytani hibsga olgan. Bundan tashqari, Mudofaa vaziri Ibrohim Daxir Dembele hibsga olinish arafasida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Katidan Prezident saroyi Kulubaga harbiylar jangovar texnikalar bilan yo‘lga tushgan.

Malidagi Fransiya elchixonasi mamlakatda vaziyat notinchligini aytib, fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. Ispaniya elchixonasi fuqarolaridan ham Kati va uning atrofiga bormaslikni so‘ragan.

Malida iyundan beri vaziyat notin. Mamlkatda norozilik namoyishlari tinmayapti. Ular Prezident Ibrohim Bubakara Keytaning iste’fosini talab qilyapti. 2012 yilda ham Malida isyon uyushirilib, Prezident Amadu Tumani Ture hokimiyatdan ag‘darilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mali isyon

Baholaganlar

216

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing