Malayziyada 80 ming o‘rinlik stadion portlatildi (video)
Sport
−
25 Sentabr
12280Malayziyadagi “Shoh Alam” futbol stadioni portlovchi moddalar bilan buzib tashlandi. Bu haqda “Manytops Stadiums” nomli X sahifa xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan arena 1994 yilda qurilgan. Ko‘plab rekonstruksiya urinishlariga qaramay, 2020 yilda stadion xavfli deb topilgan.
Arenani buzish iyul oyida boshlangan. To‘liq demontaj 2025 yilning o‘rtalariga qadar davom etishi kutilmoqda.
“Shoh Alam” stadionida “Selangor” futbol klubi va Malayziya terma jamoasining uy arenasi hisoblanadi. Stadionda 1997 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati va 2007 yilgi Osiyo kubogi o‘yinlari o‘tkazilgan.
LiveBarchasi