Malayziya sohillarida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketdi

Olam

image

Kecha, 11 may kuni Malayziyaning g‘arbiy sohili yaqinida indoneziyalik muhojirlarni olib ketayotgan qayiq cho‘kib ketdi. Hodisadan so‘ng 14 kishini qidirish-qutqaruv ishlari boshlangan. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Pangkor oroli yaqinida yuz bergan. Tongda baliqchilar suvda suzib yurgan odamlarni ko‘rib, rasmiylarga xabar bergan. Perak shtati dengiz boshqarmasi direktori Mohamad Shukri Xotobning ma’lum qilishicha, mahalliy baliq ovlash kemasi 23 nafar Indoneziya fuqarosini, jumladan, yetti ayolni qutqarib qolgan. Ular keyinchalik hujjatlarni tekshirish va tergov ishlari uchun dengiz politsiyasi bo‘limiga olib ketilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayiqda jami 37 kishi bo‘lgan. Ular 9 may kuni Indoneziyaning Kisaran hududidan yo‘lga chiqqan. Muhojirlarning asosiy yo‘nalishlari Kuala-Lumpur hamda Penang oroli bo‘lgani aytilmoqda.

“Hozircha bedarak yo‘qolganlarning shaxsi to‘liq aniqlanmadi. Qidiruv ishlari davom etmoqda”, degan Mohamad Shukri.

Indoneziya va Malayziya o‘rtasidagi dengiz yo‘llarida bu kabi hodisalar tez-tez uchrab turadi. Odatda bunday qayiqlarda Malayziyadagi plantatsiya va fabrikalarda ishlash uchun ketayotgan muhojirlar bo‘ladi.

Migrantlar huquqlarini himoya qiluvchi faollarning aytishicha, har yili 100 mingdan 200 minggacha indoneziyalik noqonuniy va xavfli dengiz yo‘llari orqali Malayziyaga kirishga urinadi. Ko‘pincha ular odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhlar tomonidan aldab olib ketiladi va manzilga yetgach, ekspluatatsiyaga duch keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh hududidan muhojirlar bilan birga yo‘lga chiqqan kema Andaman dengizida cho‘kib, 250 dan ortiq muhojir bedarak yo‘qolgan edi.

Mohina Qudratillayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Malayziya migrantlar qayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing