Malayziya Bosh vaziri rasmiy kutib olindi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 17 may kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohimni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat milliy madhiyalarini ijro etdi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Ma’lumot uchun, Anvar Ibrohim bungacha Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham bo‘lib, davlatlar yetakchilari bilan muzokara o‘tkazgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya Anvar Ibrohim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing