Malala Yusufzay dunyoni afg‘on qizlari uchun birlashishga chaqirdi (video)
Olam
−
23 Sentabr
6132Dunyodagi eng yosh Nobel mukofoti laureati Malala Yusufzay jahon hamjamiyatidan afg‘on xotin-qizlarining haq-huquqlarini ta’minlanishiga e’tibor qaratishni so‘radi.
Dunyo yetakchilarining Nyu-Yorkdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti shtab-kvartirasida yig‘ilgani munosabati bilan BMTning Tinchlik elchisi Malala Yusufzay ulardan adolatli jamiyat, ayniqsa afg‘on qizlari va ayollari uchun birgalikda harakat qilishni so‘radi.
“Afg‘onistondagi qizlar huquqlariga tahdid hamma joyda qizlarning huquqlariga tahdiddir”, degan Malala.
Ma’lumot o‘rnida, bundan 12 yil oldin, o‘sha paytda 15 yoshli Malala Yusufzay Pokistondagi “Tehrik-e-Tolibon” jangarilari tomonidan maktab avtobusida otilgan edi.
Qizlarning ta’lim olishi uchun kurashgani uchun nishonga olingan Yusufzayga qilingan hujum Pokiston ichida ham, xalqaro miqyosda ham shov-shuvga sabab bo‘ldi.
2014 yil, 17 yoshida u tarixdagi eng yosh Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 martidan Afg‘onistonda "qizlarsiz o‘quv yili" boshlangan edi. Bildirilishicha, bu yilgi o‘quv yilidan boshlab 1 milliondan ortiq qizlar ta’lim huquqidan mahrum qilingan.
LiveBarchasi