Malta Falastinni davlat sifatida tan oladi

Olam

image

Malta Bosh vaziri Robert Abela Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining sentyabr oyidagi yig‘ilishida Falastinni davlat sifatida rasman tan olishini bildirdi. Bu haqda u kecha, 29 iyul kuni o‘zining Facebook sahifasida e’lon qildi.

“Bizning pozitsiyamiz Yaqin Sharqdagi uzoq muddatli tinchlik harakatlariga sodiqligimizni aks ettiradi”, deb yozdi Robert Abela.

“Reuters”ga ko‘ra, Malta hukumati ichki bosim ostida qolmoqda. Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida o‘ng markazchi muxolifat Falastinni tan olish bo‘yicha “darhol choralar ko‘rishga” chaqirgach, bu bosim kuchaygan.

Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan O‘rtayer dengizi orol davlati uzoq yillardan beri falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash an’analariga ega bo‘lib, ikki mustaqil davlat yechimini topishga intilib kelgan.

Robert Abela may oyida ham Falastinni tan olish rejasi borligini aytgan. O‘shanda bu e’lon iyun oyiga mo‘ljallangan BMT konferensiyasida bo‘lishi kerak edi, biroq tadbir keyinga surilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham sentyabr oyida BMTda Falastinni tan olishini e’lon qilgandi va Fransiyaning “Yaqin Sharqda adolatli va barqaror tinchlik”ka bo‘lgan tarixiy sadoqatini ta’kidlagandi.

Kecha, 29 iyul kuni esa Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer agar Isroil G‘azo sektoridagi urushda o‘t ochishni to‘xtatish kabi qator majburiyatlarni zimmasiga olmasa, BMTda sentyabr oyida Falastinni tan olishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Mal'ta Robert Abela

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing