Maldini Italiya futbol federatsiyasidagi lavozimidan iste’foga chiqdi

Sport

image

Afsonaviy italiyalik himoyachi Paolo Maldini Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori lavozimidan iste’foga chiqdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Shuningdek, Leonardo ham FIGC texnik direktori maslahatchisi lavozimini tark etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maldini va Leonardo 2006 yilgi jahon chempioni Andrea Pirloni Italiya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Avvalroq, Pirloning ehtimoliy tayinlanishi uning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan tuzgan shartnomasi tufayli siyosiy bahslarga sabab bo‘lgani xabar qilingan edi. Bir qator italiyalik deputatlar uning aynan shu kompaniya bilan hamkorligi tufayli nomzodiga qarshi chiqqan. Keyinchalik Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod emasligini ma’lum qildi.

58 yoshli Paolo Maldini futbolchilik faoliyati davomida faqat “Milan” safida to‘p surgan. U klub bilan yetti marta Italiya chempionligi, besh marta Yevropa Chempionlar ligasi, besh marta UEFA Superkubogi, besh marta Italiya Superkubogi va bir marta Italiya kubogini qo‘lga kiritgan.

Italiya milliy terma jamoasi safida Maldini 1994 yilgi jahon chempionatida kumush, 1990 yilgi musobaqada esa bronza medali sohibiga aylangan. Shuningdek, u Yevropa chempionatining 2000 yilgi bahsida kumush, 1988 yilgi musobaqasida esa bronza medalini qo‘lga kiritgan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing