Maktablarda kuzgi ta’til qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

•  kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

•  qishqi ta’til – 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

•  bahorgi ta’til – 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

•  yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Ma’lumot uchun, ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to‘g‘ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.  Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelib qolgan dars mashg‘ulotlarining mavzulari o‘quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Maktab kuzgi ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made