Maktablarda kimlar darslik bilan bepul ta’minlanadi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Maktablar boshlanishi demakki, o‘quvchilarni darsliklar ta’minlash masalasi ko‘tariladi. Shu o‘rinda maktablarda kimlar darsliklar bilan bepul ta’minlanishiga to‘xtalib o‘tsak.

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, birinchi sinf, “Mehribonlik” uyi, maxsus maktab, maktab-internatlari va ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o‘quvchilari maktabning kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi. 

Bunda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar o‘quvchilari ro‘yxati 1 sentyabrgacha fuqarolar yig‘ini iltimosnomasi va ota-onalar qo‘mitasi xulosasi asosida maktabning pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab darslik

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing