Maktablarda qog‘oz shaklidagi kundaliklardan voz kechiladi

Jamiyat

image

Maktablarda qog‘oz shaklidagi kundaliklardan voz kechiladi

Toshkentda joriy yilning 1 sentyabriga qadar barcha umumta’lim maktablarida jurnal va o‘quvchilarning kundaliklarini qog‘oz shaklida yuritishni bekor qilinadi. Ularni elektron tarzda yuritishga mo‘ljallangan yagona axborot tizimini ishga tushiriladi.

Bu haqda, 17 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Hujjatga muvofiq, ushbu ishlar “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2020 yilning 1 mayiga qadar avia, temir yo‘l va boshqa transport xizmatlariga elektron chiptalarni onlayn sotib olish yagona axborot tizimi ishga tushiriladi. 

Kommunal xizmatlar (tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv va issiq suv) bo‘yicha to‘lovlarni onlayn to‘lash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlikni ta’minlovchi “Mening uyim” yagona axborot tizimini joriy etiladi. Ushbu ishlar joriy yilning 1 noyabriga qadar bajariladi.

Shuningdek, 1 dekabrga qadar “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etish va “Elektron poliklinika” axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi.

Qonunga ko‘ra, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri va Toshkent shahar hokimi – har oyda Dasturning bajarilishini tanqidiy ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri – har oyda kamida bir marta tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining Dastur bajarilishi to‘g‘risidagi axborotini eshitadi va uning o‘z vaqtida hamda to‘liq bajarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing