Maktablarda qishki ta’til vaqtliroq boshlanadi – XTV

Jamiyat

image

Joriy yilda umumta’lim maktablarida qishki ta’til odatdagidek 27 dekabrdan emas, barvaqtroq boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot kotibi Laylo Rustamova ma’lum qildi.

“Joriy yilda 27 dekabr yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli qishki ta’til boshlang‘ich sinflar uchun 25 dekabr va yuqori sinflar uchun 26 dekabrdan boshlanadi”, deydi XTV vakili.

Ma’lumot o‘rnida, qishki ta’til 2021 yilning 10 yanvarigacha davom etadi. 11 yanvardan barcha o‘quvchilarga darslar boshlanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston maktablarida uchta ta’til o‘rniga uzaytirilgan qishki ta’til joriy qilish taklif etilayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

1410

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing