Maktablarda qishki ta’til qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til joriy yilning 28 dekabridan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining II chorak so‘nggi kuni 2023 yil 27 dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28 dekabr sanaladi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, ta’til 14 kalendar kun ya’ni 2024 yilning 10 yanvarigacha davom etadi. III chorak darslari esa 2024 yil 11 yanvardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatdagi barcha oliy, o‘rta-maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati joriy yilning 25 dekabridan 2024 yilning 7 yanvarigacha deb belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab qishki ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing