Maktablarda darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktablarida darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2026–2027 o‘quv yili darslari 2 sentyabr, chorshanba kunidan boshlanadi.

Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026–2027 o‘quv yilida akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari qaysi sanadan boshlanishi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing