Maktablarda chet tillari va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish lozim

Jamiyat

image

Ijtimoiy barqarorlik, millatlararo totuvlik, har bir inson farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlar uchun kurashayotgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shu kunlarda saylovoldi targ‘ibotlarini yanada kuchaytirgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ko‘rsatilgan nomzodlar aholi bilan faol muloqot qilmoqda. Uyma-uy yurib partiya g‘oyalarini saylovchilarga yetkazishda tarqatma materiallardan unumli foydalanilyapti.

Partiya o‘z saylovoldi dasturida 10 ta yo‘nalish,  15 ta strategik qadamdan iborat 150 dan ortiq tashabbuslarni ilgari surmoqda. Xususan, har bir insonning birlamchi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan eng kam iste’mol xarajatlarini qonun darajasida belgilash maqsadida “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish, uy-joysiz, yashash sharoiti o‘ta og‘ir, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hamda oila a’zolari orasida nogironligi mavjud ayollar, oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari uchun ijtimoiy turarjoylar qurishni yo‘lga qo‘yish, dori vositalarining reklamasini taqiqlash, maktablar o‘quv dasturlarida chet tillari va IT bo‘yicha o‘quv soatlarini keskin ko‘paytirish orqali maktab bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish kabi taklif va tashabbuslar o‘rin olgan.

Saylovchilar bilan o‘tayotgan yuzma-yuz suhbatlar chog‘ida ijtimoiy himoya, ijtimoiy barqarorlik bilan bog‘liq takliflar va mazkur siyosiy jarayonlarning fuqarolar hayotida tutadigan o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Maktab Xalq demokratik partiyasi Ijtimoiy barqarorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing