Maktablarda bahorgi ta’til qachondan boshlanishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bahorgi ta’tili 21 mart kunidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140 son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mamlakatimizdagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun bahorgi ta’til 2024 yil 21 mart kunidan boshlanadi va 27 mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, IV o‘quv chorak darslari 28 mart kunidan boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing