Maktablarda “Huquqiy sinflar” tashkil etiladi

Jamiyat

image

Maktablarda "Huquqiy sinf" tashkil etish va huquqiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish orqali yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalarida uzluksiz huquqiy ta’lim tizimini joriy etish, voyaga yetmaganlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi. Maktablarda huquq fani o‘qituvchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchilar o‘rtasida “Huquqshunos bilimdon” olimpiadasi va huquq fani o‘qituvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi.

“Huquqiy sinf”ga “Davlat va huquq asoslari” faniga qiziqqan 8-sinf o‘quvchilari orasidan tanlab olinadi va maktab pedagogik kengashining tavsiyasiga asosan direktor buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.

“Maktab – litsey – texnikum – OTM” uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha akademik litseylarni muvaffaqiyatli tamomlagan (2 yillik o‘qish davrida har o‘quv yilining yakuniy baholari “a’lo” va “yaxshi” bo‘lgan) bitiruvchilar 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab yuridik texnikumlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (to‘lov-kontrakt asosida) testlarsiz qabul qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab texnikum Huquqiy sinflar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made