Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
10 Sentabr 9484 1 daqiqa
Azizbek Anvarjonovich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Azizbek Turdiyev tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan Azizbek Turdiyev 2006-2010 yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014 yillarda Toshkent shahridagi 231-umumta’lim maktabida adabiyot fanidan o‘quvchilarga saboq berdi.
U 2015-2017 yillarda Toshkent shahridagi 165-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019 yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023 yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida mehnat qilgan.
Azizbek Turdiyevga 2023 yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdo‘stlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yo‘naltirish” loyihasi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.