Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 7 may kuni davlat rahbarining tegishli qarori bilan E’zozxon Gapirjonovna Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari – Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, u bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

E’zozxon Karimova 2021 yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi bo‘limi boshlig‘i, 2021-2023 yillarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024 yillarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Yusupovich Xudoyqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida yangi tashkil etilgan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti E'zozxon Karimova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing