Maktab vazirligi ustozlarning “ko‘chada qolishiga” ularning o‘zlarini aybdor qildi

Jamiyat

image

4 noyabr kuni QALAMPIR.UZ sayti attestatsiya imtihonlariga kelib, sovuqda,  sement ustida o‘tirib navbat kutayotgan o‘qituvchilar haqida videomaterial e’lon qilgan edi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib,  o‘qituvchilarining “ko‘chada qolishiga” ularning o‘zlari aybdor ekanini aytib chiqdi. 

“Ijtimoiy tarmoqlar orqali ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan malaka sinovlarida pedagoglarning test jarayonlari boshlanishini kutib qolayotganligiga doir xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Mazkur sinov o‘tkazilish vaqti (kuni, soati) va joyi haqida har bir pedagoglarning shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarlar yuborilgan.

Ammo ba’zi ishtirokchilarning belgilangan vaqtda emas, balki jarayonlar boshlanishidan bir necha soat avval test o‘tkaziladigan joyga kelishayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa pedagoglarning ma’lum vaqt kutib qolishiga yoki kutish xonalaridagi joylarning yetishmovchiligiga sabab bo‘lmoqda”, deya yozgan vazirlik Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova. 

Shuningdek, u o‘qituvchilarni ogohlantirar ekan, ulardan imtihonlarga bir necha soat oldin emas, boshlanish vaqti kelishlarini so‘ragan. 

“Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida, sizlardan sinov jarayonlari o‘tkaziladigan binoga o‘zingiz uchun belgilangan aniq vaqt (kun, soat)da kelishingizni so‘raymiz. Bu orqali turli tushunmovchilik va ovoragarchiliklarning oldi olinishiga ishonamiz”, deyilgan rasmiy munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchilar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing