Maktab o‘quvchisining koptok zarbidan vafot etishi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq, Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi vafot etgani haqida xabar bergandik. Shundan so‘ng, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ham buni tasdiqlab, jismoniy tarbiya darsi chog‘ida 2011 yil 23 martda tug‘ilgan M.S. ning ko‘krak qafasiga koptok tegishi oqibatida hushini yo‘qotgani, shifokorlar tomonidan tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramay hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlagan edi. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

"Bu bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan 19 fevral kuni JKning 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing