Maktab o‘quvchisi tug‘ilgan kunida tiriklayin yonib ketdi

Olam

image

Samarada yong‘in oqibatida ikki kishi – 14 yoshli qiz va keksa ayol halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, kecha, 13 mart kuni kechasi soat uchlarda Samara shahrining Kirovskiy tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqqan. Olovni ko‘rgan guvohlar tez yordam va o‘t o‘chirish xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan. Yong‘inni o‘chirish uchun 80 ta o‘t o‘chiruvchi kelgan. Ular yong‘inni bir necha soat ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

O‘t o‘chiruvchilar uyga kirganlarida 2 jasadni topishgan. Jasadlar o‘sha kuni 14 yoshni qarshilagan qiz va uning buvisiniki bo‘lgan. Voqeadan so‘ng samaralik yoshlar ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida motam postlarini qo‘yishmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Samara

Baholaganlar

1087

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing