Ukraina “Tatneft”ning Samaradagi yirik kimyo zavodiga zarba berdi (video)
Olam
−
15:08 746 2 daqiqa
Bugun, 24 oktyabr kuni ertalab Ukraina dronlari Samara viloyatidagi “Tolyattikauchuk” yirik neft-kimyo korxonasiga hujum qildi. Bu haqda mahalliy aholiga tayanib, Ukraina monitoring kanallari xabar berdi.
Guvohlar tomonidan e’lon qilingan videolarga ko‘ra, keyinroq takroriy hujumlar ham yuz bergan. “Tatneft”ga tegishli zavod tepasida qora tutun ko‘tarilgan. Mahalliy nashrlar dronlar hujumi va ko‘plab “kuchli portlashlar” haqida yozgan. Shuningdek, shahar aholisi “Tolyattikauchuk” joylashgan ko‘cha yopib qo‘yilganini xabar qilgan.
“Astra”ning aniqlik kiritishicha, ushbu joy yaqinida Tolyatti IES joylashgan. U ham hujumga uchragan bo‘lishi mumkin – shahar aholisi elektr va suv ta’minotidagi uzilishlar haqida xabar bergan. Bundan tashqari, Samara gubernatori Vyacheslav Fedorishevning obunachilaridan biri Tolyattida “daxshat” bo‘layotgani va havoga “kimyoviy hid” tarqalganini yozgan. Korxona monomerlar, uglevodorod fraksiyalari va avtomobil benziniga qo‘shiladigan qo‘shimchalar ishlab chiqaradi. Zavod tomonidan chiqariladigan sintetik kauchuklar esa taktik va ballistik raketalar uchun qattiq raketa yonilg‘isini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Fedorishevning ma’lumotiga ko‘ra, Havo hujumidan mudofaa kuchlari va mobil o‘t ochish guruhlari Samara viloyatida bir nechta dronni urib tushirgan. U hujum oqibatlari tasvirlangan kadrlarni e’lon qilganlik uchun javobgarlik borligidan ogohlantirib, qo‘shimcha ma’lumotlarni keltirmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qurolli kuchlari Xerson yo‘nalishidagi Oleshki aholi punkti yaqinida gumanitar operatsiya o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yil 27 oktyabr Moskva vaqti bilan soat 04:00 dan e’tiboran sukut rejimini joriy etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi