Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til boshlanadigan sana ma’lum qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3 noyabrga to‘g‘ri kelib, 4 noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9 noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Qayd etish joizki, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab

Baholaganlar

1908

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing