Maktab imtihonini oldindan topshirganlar darslarga bormasa bo‘ladimi? 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirsalar o‘quv yili oxirigacha darslarga bormasliklari mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, bu xabarlar maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan, ya’ni maktab yoshidan o‘tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berish bilan bog‘liq xabarning noto‘g‘ri talqin qilinishi oqibatida tarqatilmoqda.

“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabarligini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, eksternat tartibida imtihonlarda o‘z vaqtida turli sabablar bilan umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q va ularga tadbiq etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab bitiruv imtihonlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing