Maktab direktorini tayinlash tizimi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tanishgan maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimotida aytildi.

Yig‘ilishdi endi maktab direktorlari lavozimga “Direktorlar kengashi” tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanishi aytildi.

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) bo‘limlarining maktablar faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil qilishda qo‘yilgan talablar esa yengillashtiriladi.

Yig‘ilishda bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy to‘garaklar ochish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu takliflarni ma’qullab, tizim faoliyatini transformatsiya qilish, o‘qituvchilarning malakasi va rag‘batini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab direktor Direktorlar kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing