Maksim Galkin Qozog‘iston rasmiylari uning konsertiga ruxsat bermasligi sababini aytdi

Madaniyat-san’at

image

Qozog‘iston Respublikasi rossiyalik mashhur qo‘shiqchi Maksim Galkinning mamlakatda konsert o‘tkazishini taqiqlayapti. Bu haqda xonandaning o‘zi Instagram sahifasiga video joyladi.

Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari bir necha oydan beri Galkin va uning jamoasiga Qozog‘istonda konsert uyushtirishiga ruxsat bermay kelgan.

“Mening Ostona va Olmaotadagi konsertlarimga har tomonlama davlat darajasida to‘siqlar bor. Men va tashkilotchilarim bir necha oydan beri konsert o‘tkazish uchun kurashamiz. Dastlab hammasi yaxshi edi, chiptalar sotila boshlandi. Hammasi zo‘r bo‘ldi. Ammo keyin xayoliy sabablarga ko‘ra, sahna ortida to‘siqlar paydo bo‘ldi. Xo‘sh, albatta, men tushunaman. Qozog‘iston rasmiylari mening konsertimni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishdan qo‘rqdi”, dedi u.

Bunga Qozog‘istonning Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushda Rossiya  tomonini qo‘llab-quvvatlashi sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Maksim Galkin Rossiyada “xorijiy agent” deb e’lon qilingan va u urush boshidan beri mamlakatning bu xatti-harakatlarini yoqlamagan.

“Hozirda mening konsertlarimni o‘tkazishga davlat darajasida so‘zsiz taqiq bor va bu juda achinarli. Chunki men Qozog‘istonni yaxshi ko‘raman, men qozog‘istonlik tomoshabinlarni yaxshi ko‘raman. Oxirgi bir yarim yil ichida men faqatgina qozog‘istonlik obunachilarim va tomoshabinlarim tomonidan qo‘llab-quvvatlandim”, degan xonanda so‘zining oxirida mamlakatdagi muhlislariga minnatdorchilik bildirar ekan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyining boshida Qirg‘iziston yana bir rossiyalik san’atkor Grigoriy Lepsning konsertini ham bekor qilgandi. Biroq o‘shanda konsertning bekor qilinishiga sabab sifatida mamlakatdagi ko‘plab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rossiyaning Ukrainaga harbiy bosqinini qo‘llab-quvvatlovchi san’atkorning kelishiga qarshiligi ko‘rsatilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Maksim Galkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing