Makronga noma’lum shaxs tuxumsimon narsa uloqtirdi (video) 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Lion shahriga tashrifi chog‘ida noma’lum kimsa unga tuxumga o‘xshash narsa uloqtirdi. Bu haqda BFM telekanali ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, ushbu voqeadan keyin qo‘riqchilar Prezidentni himoya qilib, uni olomon orasidan olib chiqqan. Hujum qilgan odam tezda qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, bir safar Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab safar qilayotganda noma’lum erkak unga tarsaki tushirgandi. Voqea joriy yilning 8 iyun kuni Drom departamentining Ten-LʼErmitaj kommunasida sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, tarsaki tushirgan shaxs to‘rt oyga qamalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Makron

Baholaganlar

203

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing