Makron yuziga tarsaki tushirilgan holatni izohladi
Olam
−
09 iyun 2021
24569Avvalroq, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab safar qilayotganda noma’lum erkak unga tarsaki tushirgani haqida xabar bergandik. Voqea kecha, 8 iyun kuni Drom departamentining Ten-LʼErmitaj kommunasida sodir bo‘lgandi.
Fransiya Prezidenti tarsaki voqeasiga izoh berdi. Bu haqda “Dauphiné” nashriga asoslanib xabar berilgan.
“Agressiv odamlarning jamoatchilik muhokamasini egallab olishiga yo‘l qo‘ymaylik. Ular bunga loyiq emas”, degan Makron.
Davlat rahbari fransuzlar bilan uchrashishda davom etishini ta’kidlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Makronga tarsaki tushirgan erkak va hodisani tasvirga olgan kishi qo‘lga olingan va politsiyaga topshirilgan. Hozirda ular hibsda ushlab turilibdi.
LiveBarchasi