Makron Yevropani katta urushga tayyorlanishga chaqirdi

Olam

image

Yevropa davlatlari ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun mudofaa sanoatiga sarmoya kiritishni oshirishi kerak. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa yetakchilariga shunday chaqiriq bilan chiqdi.

“Biz qit’amizga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori shiddatli urushga tayyor turishimiz uchun [mudofaa sektoriga] sarmoyani ko‘paytirishimiz kerak", degan Makron. 

Uning fikricha, Beshinchi Respublika Qurolli Kuchlari Yevropadagi yagona to‘laqonli armiyadir. Makron Yevropa qit’asining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash zarurligini eslatgan.

Fransiya Prezidenti, shuningdek, saylovoldi dasturi doirasida 2025 yilga borib Fransiya Qurolli Kuchlarini yillik moliyalashtirish 50 milliard yevrogacha ko‘tarilishiga va’da berdi.

“Hozirda armiyani moliyalashtirish yiliga 40,9 milliard yevroni tashkil etadi. Inqirozga qaramay, biz va’damizning ustidan chiqdik va 2020 yildan buyon yalpi ichki mahsulotning 2 foizini mudofaa ehtiyojlariga sarflayapmiz”, deya xulosa qildi u.

Makronning ta’kidlashicha, harbiy sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli strategiya Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham amalga oshirilishi kerak. U Parijning Yevropa xavfsizligini mustahkamlash ishidagi yetakchi roliga ishora qildi.

10 mart kuni Makron Yevropani Rossiya gazi bo‘yicha har qanday ehtimoliy ssenariylarga tayyorlanishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya gaz ta’minotidan hozirgi vaziyatda ta’sir kuchi sifatida foydalanishi mumkin. Siyosatchining fikricha, Fransiya boshqa qator Yevropa davlatlariga qaraganda Rossiya gaziga kamroq qaram.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

1110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing