Makron yana Ukraina bo‘yicha sammitga mezbonlik qiladi

Olam

image

27 mart kuni Parijda Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun bir necha davlat rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammitining birinchi kuni yakunlanganidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Kelgusi payshanba kuni biz Parijda [Ukrainaga yordam berishni xohlaydiganlar] koalitsiyasining sammitini o‘tkazamiz”, dedi Makron.

“Bloomberg” agentligining yozishicha, Yevropa Ittifoqining yetakchi davlatlari, jumladan Germaniya, Fransiya va Polsha, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan Kanada va Buyuk Britaniya kelasi hafta Parijda Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilish uchun yangi sammit o‘tkazadi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlar kecha, 20 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammitda Rossiya va AQSH o‘rtasidagi Ukraina bo‘yicha muzokaralarga qanday ta’sir o‘tkazishi va ideal holda, unda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqidagi muhokamani davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda ham Yevropa yetakchilari Parijda favqulodda sammit o‘tkazib, Tramp ma’muriyatining Yevropa ishtirokisiz Moskva bilan muzokaralar olib borish rejalariga nisbatan nima qilish kerakligini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Evropa Ittifoqi Ukraina Emmanuel' Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing