Makron Parij prokuraturasiga yordam so‘rab murojaat qildi
Olam
−
26 Sentabr 2021
11893Fransiya Prezidenti Emmanyuel Makron va uning rafiqasi Brijit Parij prokuraturasiga murojaat qildi. Ular Prezidentning ta’tildagi fotosuratlarini omma e’tiboriga tarqatgan fotojurnalist Tibo Dalifard ustidan shikoyat qildi. Bu haqda “Europe-1” radiostansiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shikoyat bir necha kun oldin berilgan. Makronlarni g‘azablantirgan ekspozitsiya Yelisey saroyi oldidagi san’at galereyasi vitrinasida tashkil etilgan va ikki hafta davomida hamma uchun ochiq bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rgazmadan nafaqat hozirgi, balki sobiq fransuz rahbarlarining fotosuratlari ham o‘rin olgan.
Shunday qilib, rasmlardan birida Makron akvabaykda, Fransua Olland va marhum Jak Shirak sohilda yalang‘och holda aks etgan. Bundan tashqari, o‘sha galereyada Fransiyaning sobiq Prezidenti Nikolya Sarkozining velosipedda rafiqasi Karla Bruni bilan birga sayr qilayotgani aks etgan fotosurat taqdim etilgan.
Xabarga ko‘ra, Parij prokuraturasi shaxsiy hayotga aralashish yuzasidan dastlabki tergovni boshlagan. Shunisi e’tiborga loyiqki, 2017 yilda ham Makron o‘sha jurnalist – Dalifar ustidan shikoyat qilgan. Shikoyatga ko‘ra, Prezident Marseldagi uyida turmush o‘rtog‘i bilan ta’tilni o‘tkazayotganida jurnalist ularning uyi hududiga bostirib kirgan. Biroq, yakunda Prezident o‘z arizasini qaytarib olgan.
Eslatib o‘tamiz, bir safar Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab safar qilayotganda noma’lum erkak unga tarsaki tushirgandi. Voqea joriy yilning 8 iyun kuni Drom departamentining Ten-LʼErmitaj kommunasida sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng, tarsaki tushirgan shaxs to‘rt oyga qamalgan.
LiveBarchasi