Makron Ozarbayjonni g‘azablantirdi

Olam

image

Kecha, 29 iyun kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Marselga tashrifi doirasida arman diasporasining nufuzli doiralari bilan uchrashdi. U Marseldagi arman jamiyati bilan muloqotda Ozarbayjonga qarshi real chora ko‘rishga chaqirilib, “Arsax blokadasi” va “Ozarbayjon agressiyasi” sharoitida undan nafaqat ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, balki yanada ta’sirchan tashabbuslar kutilayotganini bildirdi. Bu haqda “Yerkramas” xabar berdi

Emmanuel Makron Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga ham, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanga ham bosim o‘tkazayotganini aytgan.

“Men Pashinyandan ko‘ra Aliyevga ko‘proq bosim o‘tkazdim. Masala Pashinyanda. Arsax masalasida faqat men aniq pozitsiyaga egaman. Men xalqaro oilada bu kun tartibiga ega bo‘lgan yagona odam bo‘lsam ham, qo‘limdan kelganini qilishda davom etaman”, degan Makron armanlar uning Armaniston masalasidagi qat’iyatiga shubha qilmasliklari kerakligini ta’kidlab.

Makronning so‘zlari, tabiiyki, Ozarbayjonning e’tiboridan chetda qolmagan. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Fransiya Prezidentining mazkur gaplariga izoh berib, Makronning Marseldagi arman jamiyati bilan uchrashuvda aytgan aksil-Ozarbayjon bayonotlari qabul qilinishi mumkin emasligini bildirgan. Shuningdek, Baku Makronni arman diasporasi qo‘lida vositaga aylanganlikda ayblagan. 

“Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyevga nisbatan bosim haqidagi bayonotlar Fransiya Prezidenti Makronning o‘ylab topilgan gaplari. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentiga bosim o‘tkazishga urinishlar hech qachon natija bermagan. Prezident Makronning bayonoti uning Fransiyadagi arman lobbisi qo‘lidagi vosita ekanini yana bir bor ko‘rsatdi”, deyiladi bayonotda.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Arsaxni Ozarbayjonning ajralmas qismi sifatida tan olgan Armaniston hukumatini maqtab, makron uchrashgan arman diasporasini radikalizmda ayblagan. 

“Makron tushuntirishga urinayotgan arman hamjamiyatining vakili Armaniston mamlakatga kirishni taqiqlagan radikal shaxslardan biridir. Armaniston tomonidan Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini va Qorabog‘ mintaqasi Ozarbayjonning ajralmas qismi sifatida tan olinishi fonida Prezident Makronning bunday “xolis” bayonotlari nafaqat mintaqada tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmoqda, balki separatizm va terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchilarning buzg‘unchi faoliyatini yanada kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda”, deyiladi Ozarbayjon diplomatik departamenti xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Ozarbayjon Armaniston Makron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing